12 dek 13:10
Yangiliklar
Rafalovich yilning Yakuniy Gran-Pri turnirida omadsiz qatnashdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkazilgan WTF World Taekwondo Grand Prix Final musobaqasida olimpiya vazn toifalarida eng kuchli 16 sportchi bahs olib bordi.
-80 kg vazn toifasi
reytingida 9-o'rinni egallab turgan Nikita Rafalovich ilk davradayoq polshalik
Petr Pazinskiga imkoniyatni boy berdi. Pazinski reytingda 5-o'rinni egallab
turibdi.
Malumot uchun, o'tgan yili Meksikada o'tkazilgan Gran Prix-2015 Yakuniy turnirida +80 kg vazn toifasida dayanga chiqqan hamyurtimiz Jasur Boyqo'ziev bronza medali bilan taqdirlangan edi.
O'z vazn toifalarida g'oliblikka erishgan dayan ustalari 80 reyting ochkosini qo'lga kiritish barobarida 6000 AQSH dollari miqdoridagi sovrin jamg'armasiga ham ega bo'lishdi.
Kumush medal sohiblari 48 ochko va 3000 dollar bilan taqdirlanishdi. Bronza medali egalariga esa 28.8 ochko hamda 1000 dollari taqdim etildi.
Fikrlar