So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

04 dek 14:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Rahmatjon Ro'zioxunov O'zbekiston chempionati, Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi haqida gapirdi

O'zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov saytimizga bergan intervyusida yaqinda boshlanadigan O'zbekiston chempionati, Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi haqida gapirib o'tdi.

- Bir necha kundan so'ng O'zbekiston chempionati start oladi. Mamlakat birinchiligida qaysi mashhur bokschilarimizni ko'rishimiz mumkin? 

- O'zbekiston chempionatida barcha yulduzlarni ko'ramiz. Hasanboy Do'smatovdan tortib, hamma mashhur bokschilarni. Kimki o'zini O'zbekistonda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida va Parij mezbonlik qiladigan Olimpiadada ko'rishni xohlasa hammasi qatnashadi. CHunki biz oldinda turgan jahon chempionatiga bokschilarimizni saralab olib, tayyorgarlikni boshlashimiz kerak. 


- Osiyo chempionatida Lazizbek Mullajonov ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi. Parij Olimpiadasida ham Mullajonovga ishonch bildiriladimi?

- Albatta, unga ishonamiz. Mullajonovni Bahodir Jalolovning o'rnini bosa oladigan bokschi deb bilamiz. Lekin hozirgi kunda Jalolov birinchi raqamli sportchi va biz uni jahon chempionati hamda Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini hali ko'rib chiqyapmiz. IBA -100 kg vaznni ham qo'shmoqchi. Agar ushbu vazn qo'shiladigan bo'lsa ikkisi ham ishtirok etadi. Albatta biz shuni xohlardik. 

- Bir necha kundan so'ng Bahodir Jalolovning prof boksdagi navbatdagi jangi bo'lib o'tadi. Raqib ancha kuchli deya qaralmoqda. Jalolov qisqa muddat ichida tiklana oladimi?

- Bu haqda hali To'lqin Qilichev bilan gaplashganimiz yo'q. CHunki ular yaqinda Amerikadan uchib kelishdi. O'ylaymanki, ularning taktikasi to'g'ri bo'ldi. Sababi Bahodirning hozirgi formasidan foydalanish kerak. Amerikada murabbiylar tomonidan qo'yilgan maqsadga erishilmadi deb o'ylayman. Abu-Dabida bo'ladigan jangni qiyinroq deb hisoblayman. Buning sababi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini taqdim etuvchi turnirda bu ikki bokschi uchrashishgan va unda Jalolovni qo'li baland kelgan. Jalolovni raqibi juda yaxshi sportchi. Menimcha, juda chiroyli jang bo'lib o'tadi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

   
04 dek 17:11:35
SPRINTERshashist
Узбекистон чемпионатидан кейин икки кундан кейин Америка га бориб жанг ахмоклик эмасми
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing