06 avg 10:14
Yangiliklar
Ramazon Temirov vaznida rasman chempionlik jangi tasdiqlandi + POSTER
Unda eng engil vazn toifasi chempionlik kamari o'rtaga qo'yiladi. Braziliyalik sobiq chempion Alexandre Pantoja o'z kamarini tortib olish uchun amaldagi chempion, Myanma vakili Joshua Vanga qarshi revansh jangida oktagonga chiqadi. Tashkilot matbuot xizmati ushbu chempionlik jangini tadbirning asosiy voqeasi sifatida rasman elon qildi.
O'tgan yilning dekabr oyida Alexandre Pantoja chempionlik unvonini Joshua Vanga qarshi himoya qilgan va omadsiz yiqilish oqibatida tirsagini chiqarib olib, atigi 26-soniyada chempionlik kamaridan ayrilgandi.
SHundan so'ng braziliyalik jangchi oktagonga qaytmadi, Van esa joriy yilning may oyida yaponiyalik Tacuro Tairani beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Biroz avval xabar berganimizdek, ushbu raqamli turnirning ikkinchi asosiy jangida engil vazn toifasi etakchisi Arman Carukyan braziliyalik Maurisio Ruffiga qarshi oktagonga chiqadi.

Fikrlar