02 okt 08:44
Yangiliklar

Rasman! Arman Carukyanning navbatdagi jangi tasdiqlandi + POSTER
Arman Carukyan 22 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkaziladigan UFC turnirida oktagonga chiqadi. Uning raqibi kutilganidek, UFC reytingida 6-o'rinni egallab turgan Yangi Zelandiya jangchisi Den Xuker bo'ladi. Bu haqda rasman UFC promousheni matbuot xizmati xabar berdi.
Malumot uchun, 28 yoshli Arman Carukyan 2019 yilda dunyoning eng kuchli Ligasida debyut qilgan. Hozircha so'nggi jangini 13 aprel kuni Las-Vegas (AQSH, Nevada shtati) shahrida tashkil etilgan yubiley UFC 300 turniri doirasida sobiq UFC chempioni braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
35 yoshli Den Xuker esa oxirgi jangini 2024 yilning 17 avgust kuni Avstraliyaning Pert shahrida o'tgan UFC 305 turnirida polshalik Mateush Gamrotga qarshi o'tkazgandi. O'shanda Den hakamlarning ayri qarori bilan raqibidan ustun kelgan edi. Uning hisobida 24 g'alaba (18 tasi nokaut bilan) va 12 mag'lubiyat bor.
Fikrlar