03 okt 14:39
Yangiliklar

Rasman! Birinchi og'ir vaznda chempionlik jangi elon qilindi
6 dekabr kuni Avstraliyaning Gold-Kost shahrida katta prof boks oqshomi tashkil etiladi. Turnir doirasida birinchi og'ir vaznda IBF va The Ring chempioni, 30 yoshli avstraliyalik Jey Opetayya germaniyalik majburiy davogar Xusseyn CHinkaraga qarshi ringga ko'tariladi.
Opetayya divizionning kuchli bokschilaridan hisoblanib, maqsadi barcha chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirish. Hozirda WBA va WBO kamarlari yaqindagina jarrohlik stoliga yotgan Xilberto Ramiresga tegishli. WBC chempioni Badu Jek esa Noel Mikaelyanga qarshi revansh jangi o'tkazadi.
Aslida kelib chiqishi turkiyalik bo'lgan 40 yoshli CHinkara shu yilning yanvar oyida chempionlik jangida ringga chiqishi mumkin edi. Ammo jarohat sabab bu imkoniyatdan foydalana olmagandi. Xusseyn aprel oyidagi jangida g'alaba qozonib, IBF kamariga majburiy davogarga aylandi.
Fikrlar