So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

08 dek 20:33
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman. Bobousmon Baturovning prof ringdagi debyut jangi tasdiqlandi

Avvalroq charm qo'lqop ustamiz Bobousmon Baturovning professional boksda debyut qilishi haqida xabar bergan edik.

O'zbekistonlik 28 yoshli bokschi, havaskorlar o'rtasida Osiyo chempioni (2019, 2021), Jahon chempionatining bronza medali sohibi (2019) 11 dekabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC Boxing promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan turnirda ringga ko'tariladi. 

Aynan Bobousmon ishtirokidagi jang boks oqshomini ochib beradi. O'sha kuni unga mezbonlar vakili Artyom Pugach (1-2-2) raqiblik qiladi. Ushbu turnirda yana bir charm qo'lqop ustamiz Abdulaziz Matazimov (14-7, 7 KOs) ham o'z jangini o'tkazadi. Xonobodlik bokschimiz rossiyalik Saveliy Sadoma (1-0)ga qarshi ringga chiqadi. 

Besh ming tomoshabinga mo'ljallangan DIVS arenadagi kechaning markaziy jangi birinchi o'rta vazn toifasi reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik Magomed Kurbanov ishtirokida bo'lib o'tadi. U venesuelalik Xoan Gonsalesga qarshi jang qiladi.


RCC Boxing Production oqshomining to'liq kardi:

Bobousmon Baturov (debyut) Jizzax, O'zbekiston — Artyom Pugach (1-2)  Moskva, Rossiya

Saveliy Sadoma (1-0) Komsomolsk-na-Amure, Rossiya — Abdulaziz Matazimov (14-7, 7 KOs) Xonobod, O'zbekiston

Georgiy Yunovidov (6-0, 3 KOs) Rostov-na-Donu, Rossiya — Vikapita Meroro (30-13, 15 KOs) Vindxuk, Namibiya

Ivan Kozlovskiy (6-0, 3 KOs) Novosibirsk, Rossiya — Avak Uzlyan (5-1-1, 2 KOs) Dolgoprudniy, Rossiya

Asror Voxidov (10-1, 6 KOs) Sankt-Peterburg, Rossiya — Armen Ataev (7-4-1, 4 KOs) Kislovodsk, Rossiya

Igor Adleyba (13-0-2, 5 KOs) Suxum, Abxaziya — Maksim CHernichuk (4-0, 1 KO) Dmitrov, Rossiya

Elnur Samedov (14-1, 5 Kos) Ekaterinburg, Rossiya — Mussa Golam (19-0, 12 KOs) Ospitalet, Ispaniya

Evgeniy Tishenko (10-1, 7 KOs) Ekaterinburg, Rossiya — Artur Mann (19-2, 10 KOs) Gannover, Germaniya

Xorxe Linares (47-7, 29 Kos) Barinas, Venesuela — Jora Amazaryan (12-3-2, 9 Kos) Ekaterinburg, Rossiya

Magomed Kurbanov (23-0, 13 KOs) Ekaterinburg, Rossiya — Xoan Gonsales (31-1, 31 KOs) Guigue, Venesuela

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing