18 noy 19:26
Yangiliklar

Rasman: Derevyanchenko - Adames jangi g'olibi WBC eliminatorida Mungiya bilan to'qnash keladi
SHu kunlarda Mexiko shahrida (Meksika) Butunjahon boks kengashining (WBC) yillik Kongressi bo'lib o'tmoqda. Unda ananaga ko'ra amaldagi chempionlarni majburiy himoya jangi o'tkazishi bo'yicha qarorlar qabul qilinmoqda, shuningdek, eliminator janglari belgilanmoqda.
5 dekabr kuni ukrainalik Sergey Derevyanchenko (13-3, 10 KO) va dominikalik Karlos Adames (20-1, 16 KO) o'rtasida jang bo'lib o'tadi. Uchrashuv g'olibi amerikalik Jermell CHarloga tegishli kamar uchun rasmiy davogarlik maqomini beruvchi eliminator jangida meksikalik Xayme Mungiya (38-0, 30 KO)ga qarshi ringga ko'tarilishi rasman tasdiqlandi.
«Biz Derevyanchenko Adames bilan jang qilmaguncha o'rta divizionni ochiq tutamiz», - dedi WBC prezidenti Maurisio Sulayman.
Eslatib o'tamiz, avvalroq tashkilot Derevyanchenko - Mungiya eliminator jangini tayinlagan edi, biroq Xayme birinchi navbatda Gabriel Rosadoga qarshi jang qilishni afzal ko'rdi. 13 noyabr kuni u ochkolar bo'yicha g'alaba qozondi.
Fikrlar