22 sen 11:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Fyuri va Uaylder jang shartnomasiga imzo chekishdi
Nihoyat, professional boksning superog'ir vazn toifasida anchadan beri kutilayotgan chempionlik jangi o'tkaziladigan bo'ldi.
Eng nufuzli hisoblangan WBC yo'nalishi chempioni, amerikalik engilmas bokschi Deontey Uaylder (40-0, 39 KO) sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi. Bokschilar jang shartnomasiga rasman imzo chekishdi.
Malumotda keltirilishcha, chempionlik jangi 1 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Ushbu boks oqshomini Amerikaning dunyoga mashhur Showtime telekanali pulli tizim asosida translyaciya qiladi.
Hozircha jang manzili bo'yicha aniq bir to'xtamga kelinmadi. Katta ehtimol bilan jang Los-Anjelesdagi Staples Center yoki Las-Vegas shahridagi Mandalay Bay Events Center arenasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : vringe.com
Fikrlar