27 jan 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! MMA yulduzi blogerga qarshi jang qiladi
"Bellator"ning sobiq chempioni Ben Askren yutub-bloger Jek Polga qarshi jang qiladi.
Sakkiz raundlik jang 17 aprel kuni AQSHda o'tkaziladi. Bahs boks qoidalari asosida tashkil etiladi.
"Bu rasman. U Konor Makgregordan kamroq mag'lubiyatga uchragan. Ammo men baribir uni Masvidaldan ham tezroq nokautga uchrataman", - dedi Pol.
Malumot uchun, Jek Pol noyabr oyida sobiq basketbolchi Neyt Robinsonni m nokaut evaziga mag'lub etgandi. Askren esa 2019 yilning oktyabrida Demian Mayyaga qarshi jangda nokautga uchragan va MMAdagi faoliyatini yakunlagandi.
Havola :
Manba : Sportscenter
Fikrlar