31 okt 17:48
Yangiliklar
Rasman. Tojikistonlik Nurullo Aliev UFC 295 turnirida jang qiladi + POSTER
Tashkilotchilar tomonidan musobaqaning yana bir jangi rasman elon qilindi.
Unga ko'ra, engil vazn toifasida tojikistonlik Nurullo Aliev (9-0-0) polshalik Mateush Rebecki (18-1-0) bilan jang qiladigan bo'ldi. To'qnashuv 3 raund etib belgilangan.
Nurullo Aliev uchun bu UFC'dagi ikkinchi jang bo'ladi. U o'z debyutida braziliyalik Rafael Alvesni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi.
Mateush Rebecki esa bugungacha UFC'da ikkita jang o'tkazgan va ularning har ikkisida g'alaba qozongan. Qizig'i, u o'zining oxirgi jangida tojikistonlik boshqa bir jangchi Loik Rajabovni muddatidan oldin mag'lub etgan edi.
Malumot uchun, UFC 295 turnirining markaziy jangi yarim og'ir vazn chempionligi uchun Irji Proxazka va Aleks Pereyra o'rtasida kechadi.
Fikrlar