So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

30 iyu 08:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman! UFC 330 turnirining asosiy jangini kim sug'urtalashi malum

UFC yarim o'rta vazn toifasi chempioni Islam Maxachev hamda irlandiyalik davogar Ien Gerri Machado o'rtasidagi jangga zaxira varianti tasdiqlandi.

Divizion reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Maykl Morales 16 kundan so'ng Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining rasmiy vazn o'lchash marosimida ishtirok etadi. U tadbirning asosiy jangini sug'urtalovchi (zaxira) jangchi sifatida qatnashadi. 

Bu haqda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan ekvadorlik jangchining o'zi MMA Junkie nashriga bergan intervyusida malum qildi.

"Menga Islam va Ien o'rtasidagi jangni kutishimni, shundan so'ng navbatdagi davogar bo'lishimni aytishdi. Hozir meni ulardan biri vazn qila olmasa yoki jangda qatnasha olmasa, o'rniga chiqishim uchun zaxira jangchisi etib tayinlashdi. Agar shunday bo'lsa, men darhol o'ringa chiqaman. Demak, yo hozir chempionlik uchun jang qilaman yoki yana bir jangni kutib, keyin chempionlik kamari uchun kurashaman. Boshqa variant qolmadi", – dedi Morales.

O'tgan oyda Maykl Morales Karlos Legaspi bilan suhbatda ushbu raqamli turnir doirasida navbatdagi jangini o'tkazishini aytgan va raqibi braziliyalik Karlos Prates bo'lishi mumkinligini istisno etmagan edi. Biroq, 16 avgust kuni ekvadorlik jangchi oktagonga faqat asosiy jang uchun o'rinbosar kerak bo'lgandagina chiqadi, unga tayinlangan janglar haqidagi barcha xabarlar esa haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

Ayni damda 27 yoshli jangchi UFC`da etti g'alabadan iborat seriyani qayd etmoqda. U o'zining so'nggi jangida amerikalik SHon Bredini birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing