26 jan 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Uittaker navbatdagi jangini Kostaga qarshi o'tkazadi
O'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Robert Uittaker navbatdagi jangini qachon o'tkazishi malum bo'ldi.
Sobiq chempion navbatdagi jangida braziliyalik Paulo Kostaga qarshi oktagonga ko'tariladi. Jang 17 aprel kuni bo'lib o'tadi. To'qnashuv kechaning markaziy bahsi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Uittaker so'nggi jangini Jared Kannonega qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi. Kosta esa vazn chempioni Israel Adesanyaga qarshi oktagonga ko'tarilib, faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar