So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

14 avg 07:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman! Usman Nurmagomedov - Pol Xyuz revansh jangi elon qilindi

PFL Ligasi rasmiylari rossiyalik Usman Nurmagomedov hamda irlandiyalik Pol Xyuz o'rtasidagi revansh jangini tasdiqlashdi.

Ushbu jang 3 oktyabr kuni BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi. CHempionlik jangi markaziy maqomda bo'ladi. G'olib engil vaznda PFL chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. Bundan etti oy oldin o'tkazilgan jangda Nurmagomedov hakamlarning ko'pchilik ovozi bilan Xyuzni mag'lubiyatga uchratgan edi. 

SHu yilning may oyida irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi g'alaba bilan qayta oldi. U o'z vatani Belfastda o'tgan turnirda braziliyalik Bruno Mirandani 42 soniyadayoq nokautga uchratdi. Usman esa o'sha ilk jangdan beri hali oktagonga qaytmadi. 

3 oktyabr kungi turnirning co-main event jangi ham chempionlik maqomida bo'ladi. Yarimog'ir vazn toifasida tashkil etiladigan to'qnashuvda sobiq Bellator chempioni Kori Anderson PFL mavsumining o'tgan yilgi g'olibi turkmanistonlik Dovletjan Yagshimuradovga qarshi oktagonga chiqadi. Bu jang ham revansh maqomiga ega bo'lib, 2021 yilning aprel oyida Bellator turniri doirasida o'tgan bahsda Anderson uchinchi raundda texnik nokaut evaziga zafar quchgandi. 

Bundan tashqari, Dubaydagi ushbu turnirning yana bir jangi ham rasman tasdig'ini topdi. Sobiq UFC jangchilari rossiyalik Zubayra Tuxugov hamda Irlandiya sharafini himoya qiladigan rus aralash yakkakurash ustasi Artyom Lobov o'zaro hisob-kitob qilib olishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing