13 sen 09:35
Yangiliklar

Rasman. Vasiliy Lomachenkoning jangi tasdiqlandi
Loma ishtirokidagi boks oqshomi 30 oktyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. Aynan Vasiliy ishtirokidagi jang kechaning markaziy bahsi bo'ladi. Uch vaznda sobiq jahon chempioni, 34 yoshli Lomachenko (16-2, 11 KO) amerikalik 26 yoshli Jemeyn Ortisga (16-0-1, 8 KO) qarshi ringga ko'tarilaldi. Ushbu jang 12 raundga mo'ljallangan bo'lib, engil vazn (61,2 kg) toifasida tashkil etiladi.
Oqshomning Co-main event jangi esa havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni, yarim engil vazn (57,2 kg) kelajagi sifatida qaralayotgan kubalik 28 yoshli Robeysi Ramires (10-1, 6 KO) hamda ikkinchi engil vaznda (55,3 kg) sobiq jahon chempioni, amerikalik 30 yashar Jessi Magdaleno (29-1, 18 KO) o'rtasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar