So’nggi yangiliklar

20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0 17:03Ёшларимизнинг жаҳон чемпионатига тайёргарлиги давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:32Қайтишини айтган Топурия энг эҳтимолий рақибини ҳам маълум қилди 0 16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0

28 iyu 15:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Ravshan Xodjaev: "Odiljon Aslonov jangga tayyor!"

Xabaringiz bor, havaskor va professional boksda o'z o'rniga ega charm qo'lqop ustamiz Odiljon Aslonov 6 avgust kuni prof boksdagi 3-jangini o'tkazadi.

SHu munosabat bilan sportchimizning ustozlaridan biri Ravshan Xodjaevdan bo'lajak raqib va tayyorgarlik jarayonlari xususida so'radik.

"Odiljonning prof boksdagi raqibi haqida gapirsam, Nikita Zon rossiyalik bokschi, hali prof boksda mag'lubiyatga uchramagan, 4 ta jangda 4 ta g'alaba, shundan 3 tasida nokaut orqali zafar quchgan. Ishonamanki, shogirdimiz bu bokschini mag'lub eta oladi. Yana bir malumot, agarda Odiljon Aslonov raqibini engga olsa, reytingda 150 nafar bokschilar orasiga kirib oladi.

Biz rossiyalik bokschining janglarini kuzatdik, asosan zarbalarini chap qo'lda yo'llar ekan. Bu kabi chapaqay sportchilar doim noqulaylik tug'diradi. Ammo, biz barchasiga tayyormiz va raqibga qarab taktika qo'yamiz.

Yaqindagina Rossiyada bo'lib o'tgan professional bokschilar o'rtasidagi "Qitalar kubogi" turnirida Odiljon Aslonov ham ishtirok etdi. Bu musobaqa biz uchun bo'lajak jang oldidan tayyorgarlik jarayonini o'tab berdi. 

Moskvadan qaytganimizdan so'ng bir oz hordiq chiqardik, so'ngra Odiljon Toshkent viloyati tog' yon bag'rlarida joylashgan "Yangiobod" o'quv-mashg'ulot bazasida hamkasbim, ko'plab chempion bokschilar ustozi, qolaversa, Aslonovning ham murabbiyi Hamza Avezov qo'l ostida shug'ullandi va jismoniy holatni tiklovchi mashqlarga etibor qaratishdi.

Hozirda jang oldi tayyorgarlikning so'nggi bosqichini shahrimizdagi Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kolleji boks zalida olib boryapmiz. Aniq ayta olamanki, Odiljon 100 % jangga tayyor".

Maqsud Komilov yozib oldi, O'zbekiston boks federaciyasi Buxoro viloyat bo'limi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing