09 fev 10:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Rayan Beyder Frensis Ngannu bilan jang qilishga tayyor
Og'ir vazn toifasida Bellator chempioni Rayan Beyder sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu haqida gapirdi.
"U Bellator bilan shartnoma imzolagandan keyin buni muhokama qilishimiz mumkin. Aytmoqchimanki, hozir unga Tayson Fyuri qo'ng'iroq qilmoqda va menimcha u "Lo'lilar qiroli"ga qarshi ringga chiqadi. Bunga ishonish qiyin, lekin shartnoma tuzilsa ajoyib ish bo'lar edi. U dunyodagi eng yaxshi jangchilardan biri", - Rayan Beyder.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta oxirida Rayan Beyder Fedor Emelyanenkoni texnik nokautga uchratib, Bellator kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Avvalroq, Frensis Ngannu Tayson Fyuriga qarshi boks qoidalari bo'yicha jang shartlarini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar