So’nggi yangiliklar

19:50ЎФА вице-президенти Одил Аҳмедов терма жамоанинг ноябрдаги рақиблари масаласига ойдинлик киритди 0 19:19IBA ЖЧ-2027 учун мукофот жамғармаси эълон қилди 0 18:48Сибирцев Остонада ўтаётган Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 18:17Исроил Мадримовнинг вазнида WBC рейтинги янгиланди 0 17:46Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади 0 17:15Мағлубиятсиз Фарид Башарат UFC ростеридан чиқарилди 0 16:44UFC президенти Раҳмонов ва мағлубият нималигини билмай келаётган нокаутчи ўртасидаги жанг ҳақида баёнот берди 0 16:13Дэвид Бенавидес Биволни танқид қилди 0 15:42Мбаппе Лео Мессидан ўтиб кетди 0 15:11Жан Сильва: "Пратес билади, агар Махачевга зарба берса, жанг якунланади" 0 14:40Кормье Перейранинг даъволарига жавоб қайтарди: "Дўст деб ўйлагандим" 0 14:09Алекс Перейра Павлович билан жангни эмас, чемпионлик камари учун курашишни кутганини айтди 0 13:38Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари кечаги баҳсдаги ҳаракатларига неча баҳо олишди? 0 13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0

14 avg 15:10
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

Razambek Jamalov: "Bundan keyin ham ishonchingizni oqlashga va Vatanimiz bayrog'ini hamisha yuqori cho'qqida olib yurishga bor kuchim bilan kurashaman"

Teglar :  Razambek Jamalov
Parij Olimpiadasida g'olib bo'lgan erkin kurashchimiz Razambek Jamalov (74 kg) o'zbekistonlik muxlislarga o'zbek tilida murojaat qildi.

"Assalomu alaykum, hurmatli o'zbek sporti muxlislari! Olimpiadadan oldin va bir necha kun davomida Siz azizlarning tinimsiz qo'llab-quvvatlashingizni, men uchun qayg'urib muxlislik qilganingizni doim his qilib turdim. Muhtaram Prezidentimiz bizga Olimpiadaga tayyorgarlik davomida barcha sharoitlarni yaratib berdilar va bu amalda o'zining samarasini ko'rsatdi. O'zbekistonimizga yorug' yuz bilan, erkin kurash sportida Siz azizlar uzoq kutgan oltin medal qaytdik. O'z oldimizga qo'ygan maqsadlarni sidqi dildan barajib, barchangizni xursand qildik. Inshallah, bundan keyin ham ishonchingizni oqlashga va Vatanimiz bayrog'ini hamisha yuqori cho'qqida olib yurishga bor kuchim bilan kurashaman. Men Parij-2024 Olimpiadasida yozilgan tarixning bir bo'lagi ekanimdan faxrlanaman!", deb yozdi Jamalov.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing