18 okt 14:20
Yangiliklar

Richard Torres navbatdagi jangini Meksikada o'tkazadi + POSTER
Amerikalik 26 yoshli charm qo'lqop ustasi 15 noyabr kuni Meksikada o'tkaziladigan prof boks turnirida chexiyalik 27 yashar Tomash Saleka (23-7, 14 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu boks oqshomi Zanfer va Top Rank promouterlik kompaniyalari tomonidan tashkil etilmoqda.
Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan Richard Torres yaqinda IBF chempionlik kamari uchun davogarlar jangida Frenk Sanchesga qarshi ringga chiqishni rad etgandi. Bundan ko'rinib turibdiki, Torresning maqsadi - nufuzliroq kamarlar.
Acteklar yurtidagi turnirning asosiy jangida yarim engil vaznda WBO chempioni, meksikalik Rafael Espinosa davogar Arnold Xegayga qarshi ringga chiqadi. SHuningdek, ushbu boks kechasida amerikalik taniqli jahon chempioni Fernando Vargasning 21 yoshli o'g'li Emiliano Vargas (15-0, 13 KO) ham jang o'tkazadi. Kichik Vargasning raqibi Jonatan Montrel (19-3, 13 KO) bo'ladi.
Fikrlar