07 avg 17:25
Yangiliklar
Tokio-2020
Rio-2016. Ikki avstraliyalik murabbiyni bo'g'ziga pichoq tirab, tunab ketishdi
Eshkak eshish sport turi bo'yicha ikki avstraliyalik murabbiyni tunab ketishdi.
Bu voqea Olimpiya qishlog'iga yaqin joyda sodir bo'ldi. Ikki o'smir yigit murabbiylarning bo'g'ziga pichoq tirab, qo'l telefoni, pul va ustki kiyimlarini tortib olgan.
Eslatib o'tamiz, bu avstraliyalik sportchilar bilan bo'lib o'tgan ilk ko'ngilsiz holat emas. Bir muddat avval bevosita olimpiya qishlog'ining o'zida ularni tunab ketishgandi.
Aniqrog'i, o'g'rilar Avstraliya terma jamoasi joylashgan bino oldidagi axlat qutisiga o't qo'yishadi. Bino ichidagilar qo'rqib tashqariga chiqqan paytda o'g'rilar xonalarga kirib, bir nechta noutbuk va boshqa qimmatbaho buyumlarni o'zlari bilan olib ketishgan edi.
Havola :
Fikrlar