24 iyu 12:30
Yangiliklar
Rio-2016. Indoneziyalik sportchilarga beriladigan pul mukofotlari malum
Unga ko'ra, Olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritgan sportchilar 333.000 evro hamda har oyda 1300 evro miqdorida umrbod nafaqa oladilar. Bu haqda Indoneziya sport vazirligi vakili Gatot Deva Broto malum qilgan.
Kumush medal egalari 133.000 evro, bronza medali sovrindorlari esa 66.500 evro miqdorida pul mukofotlariga ega bo'ladilar. Malumotlarga ko'ra, sportchilarga mukofot sifatida beriladigan pullarning miqdori “London-2012” o'yinlariga nisbatan besh barobarga ko'tarilgan.
Eslatib o'tamiz, 2012 yilgi Olimpiada o'yinlarida Indoneziya vakillari oltin medalni qo'lga kirita olmagandilar.
Indoneziya sportchilari ilk bor Olimpiada o'yinlarida 1952 yilda ishtirok etishgan va o'tgan davr mobaynida ushbu yurt vakillari jami 6 ta oltin, 10 ta kumush va 11 ta bronza medaliga egalik qilishgan.
O'zbekiston
Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati
Fikrlar