08 iyu 14:25
Yangiliklar
Rio-2016. Mashhur gimnastikachi Ketelina Ponor Ruminiya bayroqdori
Bu
haqida Ruminiya olimpiya va sport qo'mitasi (COSR) rahbari Alin Petrake malum
qildi. Ochilish marosimida Ruminiya bayrog'ini ko'tarib o'tishga, shuningdek,
gimnastikachi Marian Dregulesku, tennischi Simona Xalep, gandbolchi Kristina Nyagu
va kamondan otish sport turi vakili Alin Moldovyanu davogarlik qilishdi.
COSR ijroqo'mi azolari ishtirokida bo'lib o'tgan ovoz berish jarayonida Ketelina Ponor eng ko'p ovoz to'pladi. Bugunga qadar Ruminiya olimpiya delegaciyasida sport gimnastikasi vakili bayroqdor bo'lmagan edi.
28
yoshli Ponor uchun “Rio-2016”
o'yinlari uchinchi faoliyatidagi Olimpiada bo'ladi. 2004 yili Afina (Greciya)da hamda
2012 yili London (B.Britaniya) Olimpiadasida ishtirok etgan Ketelina uch bor oltin
medalga va bittadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo'lgan.
Fikrlar