14 iyu 17:00
Yangiliklar
Rio-2016. Musobaqalar o'tkaziladigan inshootlar: Mariya Lenk suv sporti saroyi
Mariya Lenk nomidagi suv sporti (Maria Lenk Aquatic Center) markazi Barra-da-Tijukadagi Olimpiya parkida joylashgan. 2007 yili bo'lib o'tadigan Panamerika o'yinlari uchun mo'ljallab qurilgan. FINA talablariga to'liq javob beradi.
Bu erda 50 metrlik va suvga sakrash musobaqalari o'tkaziladigan hovuz bor.
5300dan 8000 nafargacha bo'lgan tomoshabinlarni o'z bag'riga sig'dira oladi. Ushbu majmua Olimpiadada qatnashgan ilk janubiy amerikalik ayol nomiga qo'yilgan.
Olimpiada vaqtida bu erda suvga sakrash, sinxron suzish bo'yicha musobaqalar, shuningdek sua polosi buyicha o'yinlarning guruh bosqichi o'yinlari bo'lib o'tadi.
Rasman ochilgan yili: 2004 yil
Sig'imi: 5300 - 8000
Musobaqalar: suzish, suvga sakrash, suv polosi.
Fikrlar