29 iyu 09:20
Yangiliklar
Tokio-2020
“Rio-2016”ga hindistonliklar eng katta delegaciya bilan yo'l oladilar
Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariga Hindiston delegaciyasi kamida 102 nafar sportchi bilan yo'l oladi. Bu Hindiston tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichdir.
Hindiston matbuotida malum qilinishicha, bunga qadar eng yuqori ko'rsatkich 2012 yilgi London Olimpiadasida kuzatilgan. To'rt yil avvalgi Olimpiya o'yinlarida 83 nafar hindistonlik sportchi ishtirok etgan edi.
Rio-2016 o'yinlariga yo'l oladigan Hindiston delegaciyasining tarkibi engil atletikachilar hisobiga yanada kengayishi mumkin.
Malumot o'rnida aytish kerakki, hindistonlik sportchilar 1900 yildan buyon Olimpiada o'yinlarida qatnashib keladilar. O'tgan davr mobaynida ushbu yurt vakillari yozgi Olimpiya o'yinlarida jami 26 ta (9 ta oltin, 6 ta kumush, 11 ta bronza) medalga sazovor bo'lishgan.
Havola :
Fikrlar