21 iyu 15:00
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020

Rishod Sobirov: "Uchinchi Olimpiadamda oltin medalni qo'lga kiritmoqchiman"
Dzyudochimiz Rishod Sobirov Rioga oltin medal uchun ketayotganligini aytib o'tdi.
"O'ylaymanki, tayyorgarligimiz juda yaxshi bo'ldi. Avvalambor, buning uchun ustozlarimga minnatdorchilik bildiraman. To'rt yil davomida bizga qo'ldan kelganicha bilgan uslublarini o'rgatdilar.
Qolaversa, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyatiga ham rahmat. Raqiblarimizni o'rganib chiqdik. Uchinchi Olimpiadamda oltin medalni qo'lga kiritmoqchiman.
Ortimizda xalqim, prezidentim turganini his qilgan holda g'alaba qozonishni maqsad qilib gilamga chiqaman.
Jismoniy holatimiz ham bunga tayyor deb o'ylayman", - deydi Pekin-2008 o'yinlari bronza medali sohibi Rishod Sobirov.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar