31 avg 13:14
Yangiliklar

Robert Uittaker vaznini o'zgartirishi haqida gapirdi
"Yarimog'ir vaznga o'tish haqida o'yladim. Muammo vaznni o'zgartirishda emas, muammo yana eski vaznga qaytishda. CHunki men o'rta vaznda qolib ketishni xohlamayman. Yigitlarning vaznini o'zgartirishga harakat qilayotganliklarini ko'ryapsiz, ammo ular "kaltak eb", qaytib kelishyapti. Bundan mano yo'q.
SHunday ekan, o'rta vaznga o'tganimda, men yarimo'rta vaznga qaytish imkonidan o'zimni mahrum qilganman. Mushaklarni baquvvat qilish uchun, og'ir vazn bilan mashq qilishingiz kerak. O'ylashimcha, yarimog'ir vazn menga maqul keladi, ammo bo'y ham muammo tug'diradi. Boshqa vaznga o'tamanmi-yo'qmi, bilmadim", - dedi Uittaker Submission Radio nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tish joiz, avstraliyalik Uittaker so'nggi bor fevral oyida Israel Adesanyaga qarshi revansh jangida qatnashgan edi.
Robertning navbatdagi jangi 3 sentyabr kuni italiyalik Marvin Vettoriga qarshi bo'ladi.
Fikrlar