08 dek 15:49
Yangiliklar
Rojer Federer: "Tennisdan keyin hayot sekinlashib qolgandek"
"Men uchun qiyin davr bo'ldi, avvaliga tizzam bilan muammolar boshlandi, keyin esa pandemiya kuzatildi. So'nggi yillarda barchasi sekinlashib ketdi. Barchasini tugatganimdan keyin o'zimda engillik his qildim. To'g'risi yana qaytishga harakat qildim, biroq bundan hech nima chiqmadi. Menimcha bu normal holat. O'tayotgan yil esa faqat xursandchilik bilan o'tdi.
Hayotim o'zgarib ketdi, buni o'zim istagandek tuzyapman. Bolalar bilan ishlar qiyinlashishi mumkin, chunki fondim uchun ko'p ishlar qilyapman. SHuningdek, biznes bilan shug'ullanyapman. Juda bandman, undan tashqari 24/7 tartibda otalik vazifasini bajaryapman, bolalarimga darslarida yordam beryapman. Hayotim sekinlashib ketdi. Tasavvurimdagi kabi tez emas", - dedi Federer.
Fikrlar