01 iyu 18:47
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Elina Svitolina kambek evaziga 1/4 finalga chiqdi
Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining ikkinchi hafta bahslari boshlandi.
Dunyoning 14-raketkasi Elina Svitolina biroz avval yakuniga etgan to'rtinchi davra uchrashuvida irodali g'alabaga erishdi. Ukrainalik tennis malikasi sayyoramizning to'rtinchi raketkasi italiyalik Jasmine Paolinini kambek evaziga mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 7/6(6), 6/1.
Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Elina g'alaba qozondi. Ikki soatu 27 daqiqa davom etgan bahsda Svitolina 2, Paolini 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha minimal ustunlik g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 7 ga 6. Endi ukrainalik 1/4 finalda polshalik Iga Svyontekka qarshi kortga chiqadi. U o'z o'rnida qozog'istonlik Elena Ribakinadan ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar