07 iyu 07:00
Yangiliklar
Tennis
"Rolan Garros". Novak Jokovich ilk 1/2 finalchi!
"Rolan Garros" turnirining erkaklar o'rtasidagi bahslarida ilk yarim finalchining nomi malum bo'ldi.
Jahonning 3-raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich turnirning chorak finalida ATR reytingida 11-o'rinda borayotgan rossiyalik Karen Xachanovga qarshi bahs olib bordi.
Uch soatu 43 daqiqa davom etgan uchrashuvda Jokovich hamkasbini 4 setda mag'lub etdi - 4/6, 7/6(0), 6/2, 6/4. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida Jokovich yirik hisob bilan oldinda boryapti - 8:1.
Endi serbiyalik tennischi 1/2 finalda greciyalik Stefanos Cicipas yoki ispaniyalik Karlos Alkarazga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar