So’nggi yangiliklar

18:36"Интер" ва МЮ "Барселона" ҳимоячиси учун курашади 0 18:15UFC Мексикадаги турнирда иштирок этадиган жангчилар ва ходимлар хавфсизлигини кафолатлайди 0 17:54Испания триатлон федерацияси билан ҳамкорлик меморандуми имзоланди 0 17:33Алжамэйн Стерлингга қисқа муддатда жанг берилди 0 17:12Дибала фаолиятини Аргентинада давом эттириши мумкин 0 16:51Бектемир Мелиқўзиев: "Камар учун жанг қиламан, бу тасдиқланди!" 0 16:30WTA рейтинги. Теннисчимиз 32 ўринга юқорилади, бу унинг энг яхши натижаси. Қолганларчи? 0 16:09Дональд Трамп UFC жангчисига ёрдам беради 0 15:48ПСЖ асосий футболчиси билан янги шартнома бўйича келишиб олди 0 15:27Бектемир Мелиқўзиев Сауль Альварес билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:06ATP рейтинги. Султонов 139 поғонага пастлади. Қолганларнинг ҳолати қандай? 0 14:45Бектемир Мелиқўзиев: "Сўнгги синов жанги берилганди" 0 14:24Симеоне А Серия гранди билан келишувга эришди 0 14:03Макгрегор UFC сукунати фонида сабрнинг чеки борлигини эслатиб қўйди 0 13:42Муҳаммад Мокаев: "Бир неча нокаут ва мен яна ўша ерда бўламан" 0

26 may 14:19
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

“Rolan Garros” oldidan: Denis Istomin ushbu musobaqada qanday ishtirok etgan?

SHu kunlarda tennis bo'yicha Katta dubulg'a musobaqalaridan biri bo'lgan “Rolan Garros” musobaqasini boshlanishi arafasida turibmiz.

Ko'p yillardan buyon O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi bo'lib kelayotgan Denis Istomin xam ushbu musobaqaning asosiy to'rida ishtirok etadi. Keling, xamyurtimizning ushbu musobaqadagi ishtiroki tarixiga bir nazar solib o'tsak.

Denis Istomin "Rolan Garros"da 2008 yildan buyon muntazam ishtirok etib keladi. O'sha yili Istomin saralash bahslarida ishtirok etadi va ilk davrada (2008 yilning 20 may) avstraliyalik Jozef Sirianniga ikki setda 3/6, 3/6 xisobida mag'lubiyatga uchraydi. SHundan so'ng yurtimizda o'tkazilgan Qarshi, Buxoro “CHellenjer”larida g'alaba qozonadi. Bir nechtasida final va yarim finallargacha etib boradi. Bu g'alabalari evaziga keyingi yilni reytingda “Top 100”da boshlaydi.


2009 yildan boshlab ATP musobaqalarida ishtirok etishni boshlaydi. O'sha yili ''Rolan Garros''ning birinchi davrasida kolumbiyalik Santyago Xiraldoni to'rt setda 6/3, 6/7, 6/3, 7/6 xisobida mag'lub etadi. Biroq, ikkinchi bosqichda shveciyalik Robin Soderlingga mag'lub bo'ladi (4/6, 6/7, 4/6) va turnirdagi ishtirokini yakunlaydi.

2010 yil dastlabki davrada germaniyalik Benjamin Bekkerni (7/5,7/5,6/3) mag'lub etadi. Ikkinchi bosqichda avstraliyalik Leyton Xyuittga besh setlik qiyin kechgan bahsda yutqazib qo'yadi (6/1,3/6,4/6,6/2,2/6).

2011 yil dastlabki davradayoq mag'lubiyat qabul qilib oladi. Italiyalik Fabio Foniniga qarshi kechgan bahsda hisob 4/6,2/6,2/6 ko'rinishiga keladi.

2012 yil birinchi bosqichda rossiyalik Igor Kunicinni osonlik bilan uch setda 6/2, 6/1, 6/2 xisoblarida taslim etgan bo'lsa, ikkinchi bosqichda shunday osonlik bilan tuproqli kortlar qiroli Rafael Nadalga uch setda 2/6, 2/6, 0/6 hisobida mag'lub bo'ladi, boks tili bilan aytganda nokautga uchraydi.


2013 yilgi ''Rolan Garros''ni germaniyalik Florian Mayerga qarshi boshlaydi va hisob Istomin foydasiga xal bo'lib turgan bir vaziyatda, (4/6,6/3,7/5) raqib uchrashuvni davom ettira olmasligini bildiradi.   Ikkinchi davrada hamyurtimiz rossiyalik Nikolay Davidenkoga 4/6, 5/7, 2/6 xisobida mag'lubiyatga uchrab, musobaqani tark etadi.

2014 yilgi bahslarda dastlab Ukraina vakili Sergey Staxovskiyni 6/3, 6/4, 2/6, 6/3 hisobida mag'lub etadi. So'ngra, germaniyalik Filip Kolshrayberga 3/6, 6/7, 2/6 hisobida yutqazadi.

2015 yil. Ilk bosqichdayoq avstraliyalik Nik Kirgiosga 3/6, 4/6, 3/6 hisoblarida imkoniyatni boy beradi.


2016 yil ham birinchi davradanoq musobaqa bilan xayrlashishga majbur bo'lgan. Argentinalik Xuan Monakoga qarshi kechgan bahsda 6/3, 4/6, 3/6, 5/7 hisobida mag'lubiyatga uchragan.

O'tgan 2017 yil esa dastlab AQSH vakili Ernesto Eskobedodan 7/6, 6/3, 6/4 hisoblarida ustun keladi. Ikkinchi davrada esa janubiy koreyalik CHon Xyonga 1/6, 6/7, 1/6 hisoblarida mag'lub bo'lgan edi.

To'g'ri, tuproqli kortlar Istomin uchun omadli qoplama hisoblanmaydi. Buni natijalardan ham bilib olish qiyin emas. Yurtdoshimiz ''Rolan Garros''da faoliyati davomida uchinchi bosqichga ham chiqa olmagan. “Katta Dubulg'a” musobaqalarining asosiy to'rida odatda reytingda “Top 100” ga kirgan tennischilar qatnasha oladi. Istomin xard va chim kortlardagi yaxshi natijalari evaziga balansni ushlab turadi va doimiy “Top 100” tennischisi hisoblanadi.

Bu yilgi qura natijalari ham Denis uchun omadli keldi deya olmaymiz. Dastlabki davrada ATPning 14, musobaqaning esa 13-saralangan tennischisi hisoblangan ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqadi. Bautista-Agut ko'pchilik ispan tennischilari kabi grunt qoplamali kortlarga moslashgan tennischi va xamyurtimizga ushbu uchrashuvda oson bo'lmaydi albatta.


Husniddin Mirzaliev tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

   
26 may 23:47:52
Tilla bola
Siniy Gaipov

Юлий Арбенин
Россиянин проиграл
сегодня в 20:48

Рахман Гулиев
да
сегодня в 20:48

Джасур Аюпов
Хахах)))
сегодня в 20:51

Юлий Арбенин
несправедливое решение
сегодня в 20:51

Джасур Аюпов
Вообще бой был очень грязным
сегодня в 20:51

Сергей Мосягин
кто выйгал до этого
сегодня в 20:53

Арман Анищенко
   
26 may 23:09:56
Tilla bola
Bek nikli yuzerimiz qani boks kòryapsizmi Sank - Petersburgdagi janglarni onlayn kòrdim 2tasini Shunqor quvib urdi rusni Gaipov rosa kaltakladi nu bermadi klinchga taklif qilip vaqtni òtkazgan rusga berdi naxxu asosiy tarkibni oboradi baribir chesniylik yòqku
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing