17 jan 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiya ligasi Frensis Ngannuga katta summali shartnoma taklif qildi
Hardcore Boxing ligasi rahbari Anatoliy Sulyanov Frensis Ngannuga o'z ligasida jang qilishi uchun katta pul to'lashga tayyor.
"Bizda yaxshi yangilik bor. Frensis Ngannu nihoyat UFCʼni tark etdi. SHunday qilib, Frensis, senga taklifim. 18 mart Dubayda og'ir vazn toifasidagi Hardcore Boxing chempioni Soslan Asbarovga qarshi jang uchun uch million dollar to'laymiz. Biz allaqachon menejeringga shartnoma yubordik va javobni kutayapmiz. Kel, bu jangni tashkil etamiz!", - degan Sulyanov.
Etiborlisi, bundan uch hafta oldin Sulyanov Dubayda tadbir o'tkazishini elon qilib, unda yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jose Aldo hamda yarim og'ir vaznda boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov ishtirok etishi mumkinligini elon qilgan edi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar