04 iyu 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiya sharafini himoya qilib kelgan Botir Ahmedov o'zbekistonlik sifatida qayd etila boshlandi
WBA tashkiloti iyun oyi yakuniga ko'ra bokschilarning yangilangan reytingini elon qilgandi.
Etiborimizni tortgan jihat shundaki, shu kungacha Rossiya sharafini himoya qilib kelgan bokschi Botir Ahmedov o'zbekistonlik bokschi sifatida reytingda qayd etilmoqda. Aniqrog'i, rossiyaliklarga qo'yilgan taqiqdan so'ng, u bahordan buyon o'zbek bokschisi sifatida ko'rsatilmoqda.
Malumot uchun, Ahmedov Sirdaryo viloyatida tug'ilgan. O'z vaqtida Turkiya terma jamoasi sharafini ham himoya qilgan. Prof ringda esa Rossiya nomidan janglarda ishtirok etib kelayotgandi.
Ushbu 63,5 kg vazn toifasida Ahmedov ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Vaznda shuningdek, SHahram G'iyosov 7, SHohjahon Ergashev 12-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar