23 sen 07:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiyalik bokschi superog'ir vaznda chempion bo'ldi
London shahridagi “Uembli” stadionida o'tgan professional boks oqshomining yana bir qiziqarli jangida superog'ir vazn toifasining chempionlik kamari sohibi aniqlandi.
Vakant bo'lib qolgan WBA Inter-Continental chempionlik kamari uchun kechgan jangda rossiyalik Sergey Kuzmin britaniyalik Devid Praysga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jangning to'rtinchi raundidan keyin Prayning bahsni davom ettira olmasligi oydinlashdi. Britaniyalik bokschining murabbiylari Devid qo'lidan jarohat olganligini ro'kach qilib, jangni to'xtatishdi.
Rossiyalik Aleksandr Povetkin chempionlik jangida mag'lub bo'lgan oqshomda boshqa bir rus bokschisi aynan britaniyalik raqibini engib, chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar