08 okt 11:21
Yangiliklar

Rossiyalik ikki aralash yakkakurash ustasi UFC jangchisiga aylandi
O'z janglarida g'alaba qozongan rossiyaliklar Magomed Zaynukov va Mark Vologdin ham dunyoning eng kuchli ligasi hisoblangan UFC`dan shartnoma olish baxtiga muyassar bo'lishdi. Engil vazn toifasi vakili bo'lgan 30 yoshli Zaynukov braziliyalik Lukas Kaldasni hakamlarning yakdil qarori (30-26, 30-26, 30-26) bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Qizig'i shundaki, ikkinchi rus, o'ta engil vazndagi 25 yashar Vologdin ekvadorlik Xuan Adrian Luna Martinettiga imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, yakunda Dana Uayt har ikki jangchiga ham shartnoma taqdim etdi. Jang haqiqatan ham o'ta murosasiz bo'lganidan Dana har ikki sportchiga UFC shartnomasini berdi.
Qolaversa, Mark Vologdin ham, Adrian Luna ham UFC tomonidan 25 000 dollarlik bonusga ham ega chiqishdi. SHuningdek, Imanol Rodriges, Luis Felipe Dias va Lyuk Fernandes ham UFC jangchilariga aylanishdi.
Fikrlar