30 may 09:06
Yangiliklar
Rossiyalik xokkeychi Ukraina fuqaroligini qabul qildi
Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqdagi tegishli qarorga imzo chekdi. 21 yoshli Kostikov Moskva shahrida dunyoga kelgan. Xokkey bilan shug'ullanishni mahalliy "Dinamo" klubida boshlagan. Rossiya chempionatida "Mamonty Yugry", "Russkie Vityazi", "Kristall i CHelny" klublari sharafini himoya qilgan. U 41 ta o'yinda 4 shaybaga mualliflik va shuncha golga assistlik qilgan.
Ukraina muntazam chempionatining joriy mavsumida esa 36 ta uchrashuvda muzga tushgan. Bu o'yinlarda u raqiblar darvozasiga 21 ta shayba kiritishga muvaffaq bo'lgan. Kostikov ikki karra (2018, 2019) Ukraina chempioni hisoblanadi. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Donbass" o'z tarixida ettinchi bor Ukraina chempioni bo'lgandi.
Fikrlar