01 iyu 14:05
Yangiliklar

Rossiyaliklarda yana viza muammosi. Bu gal Volkovning jamoasida
"Aleksandr hozir AQSHda. U o'zini yaxshi his qilyapti, hammasi joyida. Afsuski, murabbiylar shtabi viza yo'qligi sabab okean ortiga ucha olmaydi. Aleksandr bu jangga rozi bo'lganida, u erga bir o'zi uchishi mumkinligini tushungan.
Volkovning burchagida CHeyk Kongo, qolaversa, ko'plab UFC jangchilarining murabbiyi hisoblangan Kenni Jonson va Tiki Gosn bo'ladi. Tiki Dana Uaytning yaqin do'sti.
O'zi ham avval UFC'da ishtirok etgan. Aleksandrning Bellator'dagi dastlabki ikki jangida ham men viza tufayli qatnasha olmaganman, o'shanda aynan Tiki Aleksga zarbalar texnikasi bo'yicha yordam bergan", - dedi Kiyashko.
Avvalroq, Aleksandr Volkov va Jairzino Rozenstrayk o'rtasidagi jang 5 iyun kuni bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar