28 noy 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Roy Jons Fedor Emelyanenko bilan jang haqidagi savolga javob qaytardi
Bokschi Roy Jons Fedor Emelyanenko bilan jang uchun muzokaralar bo'layotganini tasdiqlamadi.
"Tommi Fyuriga qarshi jang uchun muzokaralar olib boryapmiz. Bu tajriba va yoshlik o'rtasidagi qiziqarli jang bo'lishi mumkin. Emelyanenkoga qarshi jangga to'xtaladigan bo'lsak, u bilan muzokaralar bo'lmagan va bu jang uchun hech qanday sharoit ham yo'q", - dedi Roy Jons.
54 yoshli Roy Jons professional faoliyati davomida 76 jang o'tkazib, 66 marta g'alaba qozongan. SHularning 47tasida raqibini nokautga uchratgan.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar