25 iyu 10:00
Yangiliklar
Tennis
Rublyov Galle bosh sovrini uchun kortga chiqadi
Dunyoning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov Germaniyaning Galle shahrida o'tkazilayotgan ATP turniri finaliga yo'l oldi.
Rossiyalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 23-pog'onadan joy olgan ispaniyalik Roberto Bautista-Agutni 6/3, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Andrey hisobda oldinga chiqib oldi - 5:4.
Rublyov 101 daqiqa davom etgan bahsda 12, Bautista-Agut esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Andrey Rublyovning final uchrashuvidagi raqibi qozog'istonlik Aleksandr Bublik bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar