27 iyu 07:34
Yangiliklar
Ruis yana bir bor Uaylder bilan jang qilish istagini bildirdi
U Luis Ortisga qarshi jangdan so'ng aynan Uaylder bilan uchrashmoqchi.
"Superog'ir vazn hozir ochiq. Men Luis Ortisni mag'lub etishim kerak. Avval ham aytganman, u qiyin raqib. Agar faoliyatini yakunlamasa, Deontey Uaylder bilan jang qilmoqchiman. U faoliyatini yakunlashini aytdimi-yo'qmi, buni bilmayman.
Lekin men u bilan jang qilmoqchiman. Ikkalamiz ham Premier Boxing Champions va Ella Xeymons boshchiligida jang qilamiz, shunday ekan bu jangni tashkillashtirish oson bo'lardi", - deya Ruisning so'zlarini keltiradi BoxingScene nashri.
Takidlash joiz, Ruis navbatdagi jangini 4 sentyabr kuni Luis Ortisga qarshi o'tkazadi.
Meksikalik bokschi avval ham Ortisdan so'ng kim bilan jang qilmoqchiligi haqida gapirgan edi.
Fikrlar