23 sen 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan Abdullaev ham Toshkentga qaytdi (FOTO)
Bokschimiz 21 sentyabr tongida Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida amerikalik Kevin Jonsonga qarshi ringga ko'tarilgandi.
Bokschimizni Toshkent xalqaro aeroportida murabbiy To'lqin Qilichev va prof bokschimiz SHahram G'iyosov kutib oldi. 23 yashar Ruslan Abdullaev bir necha oy davomida Amerika Qo'shma SHtatlarida bo'ldi.
U 21 sentyabr tongida Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida o'tkazilgan prof boks oqshomi doirasida amerikalik Kevin Jonson bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Bu orqali havaskor boksda Jahon va Olimpiada chempioni Abdullaev prof faoliyatidagi uchinchi jangidagi uchinchi g'alabasini nishonladi. Hamyurtimiz hozirda WBA Continental kamariga egalik qilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar