20 sen 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan Abdullaev tarozidan muvaffaqiyatli o'tib oldi, raqibi ham
AQSHning Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida prof boks oqshomi o'tkaziladi.
Turnir doirasida hamyurtimiz Ruslan Abdullaev amerikalik Kevin Jonsonga qarshi ringga ko'tariladi. Har ikki bokschi rasmiy tarozidan o'tish marosimida ishtirok etdi va belgilangan vazn meyorini bajardi.
Malumot uchun, 32 yoshli Jonson hozirga qadar 19 ta jang o'tkazib, 12 g'alaba va 7 mag'lubiyat qayd etgan. U faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini 2018 yil iyul oyida hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarovdan qabul qilib olgan.
Havaskor boksda jahon chempioni hisoblanuvchi Ruslan Abdullaev esa prof boksda 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar