So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

02 avg 11:26
Yangiliklar

Gimnastika, Osiyo o'yinlari

Sabina Tashkenbaeva: "Osiyo o'yinlaridagi debyutimda maksimal ravishda harakat qilaman"

Xabaringiz bor, 18 avgust kuni Indoneziyada XVIII Osiyo o'yinlari start oldi.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar bilan blic-intervyular tashkil etib kelmoqda. "SHohsupa sari yo'l" loyihasining navbatdagi sonida badiiy gimnastikachimiz Sabina Tashkenbaeva bo'ladi. Osiyo chempioni, Jahon kubogi va IV “Islom birdamlik o'yinlari” sovrindori uchun yaqinlashib kelayotgan Osiyo o'yinlari dastlabkisi bo'ladi.

Badiiy gimnastikani ilk ko'rishimdayoq yoqtirib qolganman

Olti yoshimda onam sport gimnastikasi to'garagiga olib borganlar. O'shanda murabbiy ortiqcha vaznim bo'lganligi sabab meni qabul qilishni istamagandi. Hafa bo'lmaganman. To'g'risi, o'shanda sport gimnastikasi meni o'ziga maftun qila olmagan. Sport maktabidan chiqib ketayotganimizda badiiy gimnastika bo'yicha o'tkazilayotgan mashg'ulotlarni ko'rib qoldik. O'shanda birinchi marotaba ko'rishimdayoq sportning ushbu turini yoqtirib qolganman. Oyimga aynan o'sha erga olib borishlarini iltimos qilganman. SHu tariqa, badiiy gimnastikadagi faoliyatim boshlangan.

Ovqatlanish va tashqi ko'rinishimiz doimo nazoratda

Barcha sportchilar kabi menda ham dietologlar bilan birga ishlab chiqilgan ovqatlanish tartibim bor. Gimnastikachilarning taom racioni boshqa sportchilarnikidan farq qiladi. Masalan bizga hamirli ovqatlar va shirinliklar istemol qilish mumkin emas. CHunki, vazn bizning sportimizda juda katta ahamiyatga ega. Nonushtaga asosan oqsil ko'p bo'lgan taomlar istemol qilamiz: turli kashalar, bazida pishloq ham. Tushlikka esa go'shtli ovqat, bulonlar. Kechki ovqatga esa sutli mahmulotlar, ho'l va quruq mevalar eymiz. Vaqti-vaqti bilan qora shokolad istemol qilishimizga ruhsat berishadi. Agar vazn bilan bog'liq muammo bo'lmasa siz uchun ko'p narsaga ruhsat bor. Ammo, biz har kuni tarozidan o'tamiz. Umuman olganda, tashqi ko'rinishimiz doimo nazoratda.


Kumiri - Oksana CHusovitina

Kumirim - afsonaviy sportchi, mamlakatimiz fahri Oksana CHusovitinadir. U men o'rnak olishim uchun haqiqiy namunadir. Uning mehnatsevarligi, o'z ishini sevishi har qanday sportchi uchun o'rnak bo'la oladi. U erishgan yutuqlariga qaramay ochiqko'ngil va oddiy inson. CHusovitina doimo qiyin pallada qo'llab-quvvatlay oladi. Mashg'ulotlarga masuliyat bilan yondoshishi meni hayratlantiradi.

Bokudan xotira

Bu 2017 yili Bokuda o'tkazilgan IV “Islom birdamlik o'yinlari” vaqtida bo'lgan. Kumirim Oksana CHusovitina ham o'sha musobaqada ishtirok etgan va bizni qo'llab-quvvatlash uchun zalga tashrif buyurgan. Aksiga olib o'z chiqishimda men doimo yaxshi bajargan mashq o'sha kuni ko'ngildagidek chiqmadi. Biroz hafa bo'ldim. SHunda Oksana oldimga keldi va men bajargan mashqni o'zi takrorlashga urinib ko'rdi va ushbu mashqni o'zining erkin dasturiga kiritmoqchi ekanligini aytdi. Bu men uchun biroz kulgili ko'rindi, ammo yakunda tabassum bilan o'sha mashqni bexato bajarib bera oldim. Bu CHusovitina tomonidan ko'rsatilgan yuksak insoniylik namunasi edi. U meni shunday tasirli tarzda qo'lladiki, men qilgan xatoimni anglab etib, murakkab elementni behato bajarishni uddaladim.    


O'z ishingni sevishing lozim

Men va mening sevimli murabbiyim L.V Vlasovaning o'z orzularimiz, chempionlikka erishish yo'lida yuksak maqsadlarimiz bor. Ammo buning uchun tinmay mehnat qilish lozim. O'z ishingni sevishing va erishilgan natija bilan to'xtab qolmasliging kerak. SHuningdek, bu yo'lda yaxshi murabbiyning ahamiyati katta.

Osiyo o'yinlaridagi debyut men uchun juda muhim

Oldinda turgan Osiyo o'yinlari men uchun dastlabkisi hisoblanadi. Bu men uchun jiddiy va juda muhim musobaqa. Oldindan bashorat qilishni yoqtirmayman. Ammo, mamlakatimiz uchun muhim bo'lgan medallarni qo'lga kiritish uchun maksimal ravishda harakat qilaman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing