01 noy 20:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidjamshid Jafarov g'alabadan so'ng nimalar dedi?
-75 kg vaznli bokschimiz Saidjamshid Jafarov ozarbayjonlik raqibi ustidan g'alaba qozonib chorak finalga yo'l oldi.
G'alabadan keyin Jafarov jang haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
«Raqib birinchi raqamli bo'lgani uchun men ikkinchi raqam ostida ishladim. Murabbiylarimning barcha ko'rsatmalarni bajardim. CHapaqay bo'lganim uchun asosan qorin qismiga zarba yo'llashga harakat qildim. Jamoadoshlarimning mag'lubiyati kayfiyatimga tasir qilgani yo'q. Hammaga rahmat, duo qilib turinglar, In SHaa Alloh, g'alaba qozonamiz», - dedi Jafarov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar