09 dek 23:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidjamshid Jafarov IBA CHempionlar oqshomi turniri doirasida Jahon chempioni ustidan g'alaba qozondi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo'yicha "IBA Champions Night" turnirining navbatdagi oqshomi o'tkazilmoqda.
Etiborlisi, ushbu musobaqa doirasida o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Saidjamshid Jafarov ham ringga ko'tarildi. Hamyurtimizga yaponiyalik Jahon chempioni hamda Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari g'olibi Sevon Okazava raqiblik qildi.
6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov ochkolar hisobiga ko'ra g'olib deb topildi.
Qizig'i, Saidjamshid BAAda tashkil etilgan o'tgan yilgi "CHempionlar oqshomi"da ham jang qilgan edi. Jafarov bilan birgalikda o'sha musobaqada yana bir bokschimiz Bahodir Jalolov ham ringga chiqib, g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar