12 sen 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonov Diaz va CHimaevning kechagi janglari haqida gapirdi
UFC promoushenidagi jangchimiz Saidyoqub Qahramonov kecha tong saharda Las-Vegas shahrida o'tkazilgan turnirga munosabat bildirdi.
U o'zining Tvitter sahifasida shunday deb yozib qoldirgan:
"Alloh Diazni CHimaevdan asradi".
Neyt Diaz aslida Xamzat CHimaev bilan jang qilishi kerak edi, biroq Xamzat vazn qila olmagani tufayli Neytga Toni Fergyuson raqiblik qildi va Diaz g'alaba qozondi. Xamzat CHimaev esa Kevin Xolland bilan jang qilib, birinchi raundning ilk daqiqasidayoq g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi birinchi jangini o'tgan yilning 22 avgustida Trever Jonsga qarshi, ikkinchi jangini esa 10 iyul kuni Ronni Lourensga qarshi o'tkazgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar