02 okt 13:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonov faoliyatini nufuzli Ligada davom ettiradi (FOTO)
O'zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonovning sportchilik faoliyatida yangilik ro'y berdi.
U endilikda Rossiyaning Absolute Championship Akhmat (ASA) MMA Ligasida jang qiladi. Bu haqda tashkilotning Instagram'dagi rasmiy sahifasi malum qildi.
Aralash yakkakurash ustamiz o'zi uchun yangi Liga bilan shartnoma imzoladi. Qahramonovning ACA'dagi ilk jangi 23 oktyabr kuni Dubayda o'tkaziladigan ACA 194 turniri doirasida bo'ladi.
Malumot uchun, Saidyoqub 2021-2022 yillar davomida UFC'da 3 ta jang o'tkazib, 2 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : aca-mma.com
Fikrlar