09 okt 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonov: "Hech biringiz eng engil vaznda jang qila olmaysiz"
O'zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi.
Saidyoqub Qahramonovning 17 dekabr kuni Said Nurmagomedovga qarshi jang qilishi haqida birinchilardan bo'lib Olamsport.com saytida o'qigan edingiz.
Kuni kecha, UFC'dagi jangchimiz Twitter tarmog'idagi sahifasida quyidagicha post yozib qoldirdi:
"Hech biringiz eng engil vaznda jang qila olmaysiz. Oson pullar, juda-juda oson".
Eslatib o'tamiz, Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi birinchi jangini o'tgan yilning 22 avgustida Trever Jonsga qarshi, ikkinchi jangini esa 10 iyul kuni Ronni Lourensga qarshi o'tkazgan.
Avvalroq, Samarqand o'g'loni Said Nurmagomedovga qarshi elon qilingan jangiga munosabat bildirgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar