29 iyu 18:39
Yangiliklar
Saidyoqub Qahramonov tinch o'tirmoqchi emas! U Dana Uayt va SHon SHelbidan tezroq jang tashkillashtirib berishlarini so'radi + FOTO
Bugun tongda jangchimiz o'z tvitter sahifasi orqali UFC prezidenti Dana Uayt va matchmeyker SHon SHelbiga murojaat qilgan holda yangi tvit joyladi.
Saidyoqub yana bir bor unga tezroq jang tashkil qilib berishlari kerakligini, u yanada yaxshilanishga intilayotganini yozgan. Muxlislardan biri izohlarda uning Sergey Morozov bilan jang qilishi kerakligini yozgan. Saidyoqub esa bunga javoban: "Nega endi yo'q. Oson pul-ku", - deb yozgan.
Eslatib o'tamiz, Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi birinchi jangini o'tgan yilning 22 avgustida Trever Jonsga qarshi, ikkinchi jangini esa 10 iyul kuni Ronni Lourensga qarshi o'tkazgan.
Avvalroq ham hamyurtimiz UFC'dan tezroq jang tashkillashtirib berishni so'ragan edi.
Fikrlar