10 avg 08:42
Yangiliklar

Saidyoqub Qahramonov Umar Nurmagomedovning sobiq raqibi Neyt Manessni jangga chorladi + FOTO
Avval ham aytganimizdek, Saidyoqub nafaqat Instagram, balki g'arbliklarning asosiy tarmog'i hisoblanuvchi Twitter'da anchagina faol, ko'pgina horijiy sportchilar singari.
Bugun tongda u UFC matchmeykerlariga murojaat qilgan holda yangi tvit joyladi:
"Neyt Maness sening so'nggi janging meni qoyil qoldirdi. Huddi ulkan sherdek jang qilding. Seni UFC oktagonida ko'mmoqchiman", - deya SHon SHelbiga murojaat qilgan Qahramonov.
Neyt Maness so'nggi bor Umar Nurmagomedovga qarshi jang qilgan. Uning MMAdagi statistikasi: 16-2.
Eslatib o'tamiz, Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi birinchi jangini o'tgan yilning 22 avgustida Trever Jonsga qarshi, ikkinchi jangini esa 10 iyul kuni Ronni Lourensga qarshi o'tkazgan.
Avvalroq, Qahramonov Dana Uayt va SHon SHelbidan tezroq jang tashkillashtirib berishni so'ragan edi.
Fikrlar