17 okt 15:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonov va Xolmurod Nurmatov jang qiladigan ACA 194 turnirining to'liq kardi malum bo'ldi
23 oktyabr kuni Dubay (BAA) shahrida MMA bo'yicha ACA 194 turniri o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangi eronlik og'ir vaznli Amir Aliakbari (15-4) hamda amerikalik Toni Jonson (18-9-1) o'rtasida kechadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqa doirasida ikki hamyurtimiz — Saidyoqub Qahramonov (12-3) hamda Xolmurod Nurmatov (15-8-1) ham oktagonga ko'tariladi.
Sobiq UFC jangchisi hisoblangan Qahramonov ACA 194 turnirida pokistonlik Rafiq Afridi (10-2) bilan to'qnash kelsa, Nurmatov rossiyalik tajribali Umalat Israilov (17-5)ga qarshi bahs olib boradi.
Tashkilotchilar musobaqaning to'liq kardini elon qilishdi:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar