09 okt 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonovning ACA Ligasidagi ilk raqibi kim bo'lishi malum
23 oktyabr kuni BAAning Dubay shahri MMA bo'yicha ACA 194 turniriga mezbonlik qiladi.
Avval xabar berganimizdek, turnirda o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi, UFC sobiq jangchisi Saidyoqub Qahramonov oktagonga ko'tariladi. Unga ACA Ligasidagi dastlabki jangida Pokiston vakili Rafik Afridi raqib bo'ladi. Jang asosiy kard doirasida yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Saidyoqub Qahramonov prof faoliyati davomida 15 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, Rafik Afridi hisobida 7 g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar